Vildanov Rumil Jiangirovich


666

Tug‘ilgan sana: 1939 Noyabr 24
Vafot etgan sana: 1987 Fevral 18
Tug‘ilgan joyi: Qirg'iziston
Yo‘nalishlar: Bastakorlar, O‘qituvchilar

1939 yil 24 noyabr kuniFrunzda tug‘ilgan, Qizg‘iziston, 1987 yil 18 fevral kuni olamdan o‘tgan.

Bastakor, dirijyor, pedagog, musiqa-jamoat arbobi.

O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1977).

1957 yil bayan yo‘nalishi bo‘yicha misiqiy oliygohni tamomlagan.

1962 yil M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat Konservatoriyasini kompozitsiya yo‘nalishi bo‘yicha B. I. Zeydman sinfida tamomlagan.

1962-1968 yillar shu konservatoriyaning o‘zida dars bergan — o‘qituvchi va katta o‘qituvchi bo‘lgan.
1968 yil ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Asosan, kinofilmlar uchun musiqa yozgan. Qirqdan ziyod badiiy, yigirmadan ziyod multiprikatsion va bir nechta xujjatli filmlar uchun musiqa bastalagan.

RumilVildanov — to‘rtta simfoniya, oratoriya, fortepiano uchun kontsert va boshqa musiqiy asarlarmuallifi. Butunittifoq yosh bastakorlar ijodiy ko‘rik tanlovining II-darajali diplomi sovrindori (1962).«Chelovek uxodit za ptitsami» (Odamlar qushlar ortidan ketadi) filmiga bastalagan musiqasi uchun Butunittifoq kinofestivali diplomi bilan taqdirlangan (1976).

Mukofotlar

"General Raximov" filmining bastakori bo‘lib, harbiy-vatanparvarlik mavzusida yaratgan musiqasi uchun filmning ijodiy kolletivga III-Butunittifoq kinofestivalida diplomini olib kelgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit