Viner-Usmanova Irina Aleksandrovna


1190

Tug‘ilgan sana: 1948 Iyul 30
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Raqqoslar, Sportchilar, O‘qituvchilar

Irina Aleksandrovna Viner-Usmanova 1948yil30 iyul kuni Samarkandda tavallud topgan — badiiy gimnastika bshyicha sovet varossiyatreneri, pedagog, pedagogika fanlaridoktori, professor. 2008 yildan badiiy gimnastika bo‘yicha Butunrossiya federatsiyasi prezidenti, Xalqaro gimnastika federatsiyasida(FIG) badiiy gimnastika bo‘yicha texnik qo‘mita vitse-prezidenti, milliarder Alisher Usmonovning xotini. Rossiya Federatsiyasi mehnat qahramoni (2015). RF jismoniy tarbiyasi xizmat ko‘rsatgan ishchisi (1997). Rossiyada xizmat ko‘rsatgan trener.

Tarjimai xol

1948 yil 30 iyul kuni Samaraqandda tug‘ilgan. Otasi — Aleksandr Yefimovich Viner O‘zbekiston xalq rassomi, san’at Akademiyasi a’zosi; onasi — Zoya Zinovevna Viner, vrach; akasi — Boris Aleksandrovich Viner.
11 yoshidan Toshkentda Liliya Petrova hamda Eleonora Sumarokova trenerlari qo‘l ostida badiiy gimnasitika bilan shug‘ullangan. Badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

1965 yil Irina Vinner Toshkent shahridagi 110-sonli o‘rta maktabni kumush medal bilan tamomlagan, 1969 yil Toshkentdagi O‘zbekiston jismoni ytarbiya institutini tamomlab, Oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan.

Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari Respublikasport maktabidaishlagan. 1972 yildan 1992 yilga qadar badiiy gimnastika bo‘yicha Toshkent terma jamoalari hamda O‘zbekiston terma jamoalarigamurabbiylik qilgan.

1973 yil birinchi nikohidan Toshkent shahrida uning birinchi o‘g‘li Anton dunyoga keladi.

1992 yil Alisher Usmonovga turmushga chiqadi. 1980-yillar boshida zindonband bo‘lishiga qaramay, Alisher Irina Vinerga dastro‘mol yuboradi, o‘zbek arf-odatlariga ko‘ra — bu turmushga chiqish rizoligini so‘rash demakdir.

1992 yildan e’tiboran, Irina Viner Moskva shahrida ishlaydi va olimpiya tayyorgarlik Markazida badiiy gimnastika bo‘tsicha bosh murabbiy bo‘lib ishlaydi, 2001 yildan Rossiya terma jamoasi bosh murabbiysi bo‘ladi. 

2006 yil Sankt-Peterburgdagi P. F. Lesgafta nomidagi jismoniy madaniyat, sport va Sog‘liqni saqlash Milliy davlat universitetida “Badiiy gimnastika bo‘’icha yuqori malakali sportchilarni tayyorlash” mazusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi va pedagogika fanlari nomzodi bo‘ladi. 

2008 yildan Irina Viner Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti.

Oilasi

Irina Vinerning turmush o‘rtog‘i — milliarder Alisher Usmonov, «Metalloinvest» xoldingi sohibi.
O‘g‘li — Anton (Natan) Viner,«San i Siti»solyariy-klublar va go‘zallik salonlari, shuningdek, «Uryuk» (O‘rik) restoranlar tarmog‘iegasi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit