Voinov Sergey


1184

Tug‘ilgan sana: 1977 Fevral 26
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1977 yilning 26 fevralida Toshkentda tug‘ilgan. Nayza otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligi g‘olibi, Markaziy Osiyo o‘yinlarida ikki bor oltin medal bilan taqdirlangan. Osiyo o‘yinlari chempioni, Atlanta va Sidney olimpiadalari qatnashchisi. "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni, "Uzbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

Sergeyning otasi Sergey Anatolevich Voinov nayza otish bo‘yicha murabbiy, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi. Sergey otasi ta’sirida to‘qqiz yoshidan boshlab nayza otish bilan astoydil shug‘ullandi. Keyinchalik u bu borada mamlakatimiz o‘smirlari (67 metr) va o‘spirinlari o‘rtasida rekord (81, 90 metr) o‘rnatdi.

Sergey 1996 yilda Atlanta olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Sidneyda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon birinchiligida u 79,78 metr natija bilan g‘alaba qozondi.

1997 yili Olmaota shahrida Markaziy Osiyo o‘yinlarida ham g‘olib chikdi. 1998 yili Bangkokda XIII Osiyo o‘yinlarida chempionlikka musharraf bo‘ldi. 1999 yili Bishkekda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida eng yuqori natijaga erishdi.

Sergey Voinov qator nufuzli xalqaro turnirlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmokda. Xususan, 2000 yili Italiyada o‘tkazilgan turnirda 82,90 metr, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan musobaqada esa 82,66 metr natija ko‘rsatib, qit’aning eng kuchli nayza otuvchisi ekanligini isbotladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit