Volkov Aleksandr Nikolayevich


786

Tug‘ilgan sana: 1886 Avgust 31
Vafot etgan sana: 1957 Dekabr 17
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona
Yo‘nalishlar: Rassomlar

Aleksandr Nikolayevich Volkov 1886 yil 31 avgustda Skobelev (Farg‘ona)da tug‘ilgan, 1957 yil 17 dekabrda Toshkentda vafot etgan, rus sovet rassomi, O‘rta Osiyo zamonaviy san’ati asoschilaridan biri. O‘zbekiston xalq rassomi.

Tarjimai hol

1886 yil Skobelev shahrida (hozirgi Farg‘onada) shahar vrachi oilasida tavallud topgan. Uning yoshlik yillari Turkistonda o‘tgan. 1905 yil Orenburg kadet korpusini yakunlagach, u Peterburg universitetiga o‘qishga topshiradi, lekin bir necha yil o‘qigach, o‘qishni tashlab ketadi va akvarelchi D.I.Bortniker ustaxonasiga o‘qishga topshiradi, so‘ngra Sankt-Peterburgdagi Imperatorlik Akademiyasi qoshidagi Oliy Rassomlik oliygohiga V.E.Makovskiy sinfiga (1908-1910) topshiradi. M.D.Bernshteynshaxsiy maktabida N.K.Rerix, I.Ya.Bilibin, haykaltarosh L.V.Shervud (1910-1911-yillar) dan olgan mashg‘ulotlari bo‘lajak rassom kelajagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

A.N.Volkov o‘z o‘qishini 1912-1916 yillar Kiyev san’at oliygohida F.G.Krichevskogo va V.K.Menk sinflarida davom ettirdi.

1916 yildan O‘rta Osiyoda yashaydi. 1919 yil Markaziy Osiyo san’at davlat muzeyi direktori lavozimida ishlaydi, 1922 yil Proletar madaniyati teatri direktori, Turkiston san’at ustaxonalarida (1919-1921 yillar) va Toshkent san’at oliygohida (1929-1946) dars beradi.

1927 yildan Inqilobiy Rossiya rassomlar uyushmasi a’zosi, 1928 yil Inqilobiy Rossiya rassomlar uyushmasi Toshkent filiali ko‘rgazmasi qatnashchisi.

«Mastera Novogo Vostoka» (Yangi Sharq ustalari) San’at Jamiyati a’zosi (1929 yil).

1931-1932 yillar “Brigada Volkova” (Volkov jamoasi) San’at uyushmasini yaratadi.

Toshkentda yashab ijod qilgan. 1921-1923 yillar Turkiston bo‘ylab sayohat uyushtirib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasiuchun a’lochilar ko‘krak nishonini layihalash va tayyorlash ishlarida faol ishtirok etadi.

1930-1934 yillar O‘zbekiston (Shohimardon, Kadirstroy, Selmash) bo‘ylab sayohat uyushtiradi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1943 yil). O‘zbekiston xalq rassomi (1946 yil).

Shaxsiy ko‘rgazmalari (1943 yil), (1944-1945 yillar), (1957 yil).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit