Volkov Igor Aleksandrovich


510

Tug‘ilgan sana: 1971 Avgust 23
Tug‘ilgan joyi: O'zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Volkov Igor Aleksandrovich 23 avgust 1971 yil O‘zbekistonda tug‘ilgan — o‘zbekistonlik va rossiyalik futbolchi, universal. Hozirgi vaqtda o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Faoliyati

U o‘z faoliyatini 1990 yil Qarshining “Geolog” jamoasida boshlagan va shu jamoa uchun ikki mavsum o‘ynab, 56 ta o‘yinda 11 marotaba to‘pni darvozaga urushga muyassar bo‘lgan. 1992-1993 yillar Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘ynab, 46 ta o‘yinda 7 marotaba to‘pni darvozaga urgan. 1994 yilgi mavsumiy o‘yinda farg‘onalik “Neftchi” hamda marg‘ilonlik “Atlaschi” jamoalari o‘yinchisi bo‘lgan.

1994 yil oxiriga kelib Moskvaning “Torpedo” jamoasiga o‘tib ketadi va bu yerda 1997 yilga qadar faoliyat ko‘rsatadi. Bu vaqt mobaynida klubning asosiy jamoasi uchun 31 matchda o‘ynab, ketma-ket 2 marotaba to‘pni darvozaga yo‘llagan. Keyinroq «Torpedo-D» jamoasida o‘ynagan. 2000 yil O‘zbekistonga qaytib, Bekobod “Metallurg” jamoasi o‘yinchisiga aylanadi. 2004 yil Belorussiya «Dnepr-Transmash» jamoasida ishtirok etadi. O‘z faoliyatini 2008 yil Moskvaning “Rosich” jamoasi tarkibida o‘ynab yakunlaydi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit