Xalilov Igor


1791

Tug‘ilgan sana: 1973 Iyun 13
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1973 yilning 13 iyunida Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Og‘ir atletika bo‘yicha ikki bor Markaziy Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindori. "Uzbekistan belgisi" ko‘krak nishoni bilan takdirlangan. 1996 yili Yaponiyada bo‘lgan Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Igor o‘n uch yoshidan boshlab og‘ir atletika bilan shug‘ullanib kelyapti. Unga dastlab P.Sharipov ustozlik qildi. Andijondagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Aleksandr Kim ko‘l ostida mahoratini oshirdi.

Xirosimada o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida og‘ir vazn toifasida katnashgan Igor ikki mashkda 385 kilogramm tosh ko‘tarib, uchinchi o‘rinni egalladi. 1996 yili Yaponiyada bo‘lgan Osiyo chempionatida ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U 1997 yili Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 390 kilogramm natija bilan shohsupaning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. O‘sha yili Olmaotada tashkil etilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida yana zafar quchdi. Albatta, bo‘yi qariyb 2 metr, og‘irligi taxminan 135 kilogramm bo‘lgan polvonga 400 kilogrammdan kam tosh ko‘tarish yarashmaydi. U 1998 yili Bangkokda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida 420 kilogramm natija bilan shohsupaning ikkinchi pogonasidan joy oldi.

1999 yili Bishkekda uyushtirilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida Igor 415 kilogramm natija bilan g‘olib chikdi. Keyingi yili Yaponiyada o‘tgan Osiyo chempio-natidan oltin medal bilan qaytdi.

Sidney Olimpiadasida Igor har doimgiday og‘ir vaznda qatnashdi. Birinchi - dast ko‘tarish mashqida 185 kilogramm natijani ko‘rsatdi. Ikkinchi - siltab ko‘tarish mashqida 225 kilogramm, ikki mashk, yakuni bo‘yicha 410 kilogramm natijaga erishgan Igor Xalilov Olimpiadada 13-o‘rin egasi bo‘ldi.
Igor yaqinda O‘zbekiston chempionatida kuchli polvon ekanini yettinchi bor isbotladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit