Xo‘jayev Nodir


1027

Tug‘ilgan sana: 1989 Iyul 4
Tug‘ilgan joyi: Qashqadaryo
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1989 yilning 4 iyulida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. Karate bo‘yicha 1-dan sohibi. O‘zbekistonning ikki karra chempioni, jahon kubogi g‘olibi. 2000 yil Nodir uchun omadli keldi - Vengriyada o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida barcha raqiblaridan ustun keldiva shohsupadagi birinchi o‘ringa chiqdi.

Nodir Xo‘jayev Qarshidagi 23-maktabda o‘qigan. Tengdoshlari uni nafaqat a’lochi o‘kuvchi, balki mashhur sportchi sifatida ham hurmat qilishadi.

Shu kungacha Nodir erishgan yutuklar kamdankam sportchiga nasib etgan. Garchi u endigina o‘n ikki yoshga to‘layotgan bo‘lsada, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lib, nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.

1998 yili bolalar o‘rtasida Vengriyada o‘tkazilgan jahon kubogida to‘rtinchi, Ukrainada o‘tgan xalqaro turnirda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

1999 yili Avstraliyada bolalar o‘rtasidagi xalqaro turnirda Nodir Xo‘jayev shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Germaniyada 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar turnirida bronza medali bilan taqtsirlandi.

2000 yil Nodir uchun omadli keldi. U Vengriyada o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida barcha raqiblaridan ustun keldi va shohsupadagi birinchi o‘ringa chiqdi.

Shotlandiyada jahonning yetakchi davlatlari sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan kubok bahslarida kumush medal sohibi bo‘ldi.

Nodir Xo‘jayev ustozlari Nurxon Nafasov va Alisher Sodiqov rahbarligida yangi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmokda. Uning maqsadi - olimpiya chempioni bo‘lish.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit