Yalangtoʻsh Bahodir


942

Tug‘ilgan sana: 1576 yil
Vafot etgan sana: 1656 yil
Tug‘ilgan joyi: Jizzax
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

Yalangtoʻshbiy Bahodir, Yalangtoʻshbiy, Yalangtoʻshbiy otaliq (1576.15.9, Nurota — 1656, Samarqand) — ashtarxoniylar davridagi harbiy mulkdor zodagonlarning yirik vakili. Olchin qabilasidan. Samarqand hokimi (1626 yildan). Nurota hokimi oilasida tugʻilgan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II huzuriga kelib, maxsus harbiy maktabda oʻqigan (1590—93). Bulungʻur, Loyish, Kattaqoʻrgʻonda tumanboshi lavozimida ishlaydi (1593—95). Imomqulixon daʼvati bilan Buxoroga kelib, Bagʻdodga oʻqishga yuboriladi (1595-98).

Unga tegishli hujjatlarda uning ismi Yalangtoʻsh biy deb yozilgan. Ushbu lashkarboshining Yalanto'shbiy shaklidagi ismi ham Buxoro xonligida, ham Safaviylar davlatida yozilgan yozma manbalarda uchraydi.

Rossiya inqiloboldi tarixshunosligida uni faqat Yalangtushbiy deb nomlaganlar. Brokgauz va Yefron ensiklopedik lug'atida ham uni "Yalantush Bahadur" deb nomlaganlar.

Dunyo sharqshunoslik adabiyotida faqat Yalantushbiy ismi qo'llaniladi.

Uning avlodlari tomonidan o'rnatilgan qabr toshida Boyxo'ja o'g'li Yalantash ismi o'yib yozilgan.

Uning qabri yonida o'rnatilgan toshtaxtada hozirgi oʻzbek tilida "Yalanto'sh Boxodur" ismi o'yib yozilgan.

Yalangtoʻsh Bahodir Buxoroda tugʻilgan.

Yalangtoʻsh Bahodir oʻzbeklarning alchin (olchin)urugʻidan bo'lgan, uning otasini esa Boyxo'ja deb ataganlar, Otasi o'g'li bilan mashhur naqshbandiy yo'nalishing so'fiylik rahnamosi Mahdumi A'zam (1461-1542) avlodi - Xo'ja Hoshim Dahbetiyning shogirdlari bo'lishgan. Yalangto'shbiy va uning qizlari: Iqlima bonu, Oybibi Dahbetdagi qabristonga, Xo'ja Hoshim Dahbetiy oyoqlari pastiga dafn etilganlar..[13] 1643 yildagi hujjatga asosan uning savodli bo'lgan o'g'li Boybek bo'lgan. Lekin u otasidan oldin vafot etgan, 1650 yildagi hujjatda yozishlaricha, u vafot etgan

12 yoshdan buxoro xoni Dinmuhammad qaramog'ida ta'lim-tarbiya oldi. Madrasada o'zining birinchi savodini chiqardi. Shuningdek bo'lg'usi hukmdorlar va harbiy lashkarboshilar o'qitiladigan maxsus harbiy maktabda tahsil oldi. Natijada boshqarish ilmi va harbiy ishni juda erta o'rgandi. 1593 yilda 17 yoshida Yalangto'sh alimul urug'i bir qismining biyi etib tayinlanadi. Topshiriq bo'yicha 1595—1598 yillarda Bog'dod shahrida ta'lim berish ishlari bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda hokim Yalangto'shning yoshiga nisbatan yuksak aql-idrokini payqaydi.

Yalangtoʻsh forsiy-tojik tilini juda yaxshi bilgan. Uning nomidan tuzilgan barcha huquqiy hujjatlar hamda Registon maydonidagi madrasalardan biridagi yozuv ham forsiy-tojik tilida yozilgan.

Boqi Muhammadxon ashtarxoniyning vafotidan soʻng 1605 yilda Yalangtoʻsh dastlab Vali Muhammadxonni qoʻllab-quvvatladi, soʻngra, 1611 yilda, boshqa Ashtarxoniylar hukmdori Imom-qulixonni qoʻllab-quvvatlagan holda unga qarshi chiqdi[15] Natijada 1612 yilda yangi xon Yalangtoʻshni Samarqand amiri (vakili), keyinroq esa otaliq qilib tayinladi.

U Oʻrta Osiyoning xar xil yerlaridagi katta maydonlarga egalik qildi. Masalan, 1650 yilning 30-aprelida „Boyxoʻjabiy oʻgʻli Yalantoʻshboy Oshura qushbegi oʻgʻillari Niyozbek va Xojibekdan 1000 tangaga Samarqandning Shovdor tumanidagi Posarchak mahallasidagi 2/6 bogʻ va 2/6 yer maydonini sotib olish“ haqidagi vasiqa tuzilgan.

1611 yil Imomqulixonni taxtga oʻtqazishda faol qatnashgan. Shundan soʻng Yalangtoʻsh Bahodirning mavqei ortgan, u Samarqandni 1626 yildan amalda mustaqil idora eta boshlagan. Unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtoʻsh Bahodirning oʻz qoʻshini boʻlib, atrofdagi tumanlarga bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta moddiy mablagʻ toʻplagan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623 yil va 1631 yil Eron .qoʻshinlari Balx viloyatiga kelganida"’ Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida katta qoʻshin yordamga kelgan.

1640 yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yoʻllab, unda Rus davlatini qalmiqlarga qarshi qurashida Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qoʻshin yuborishga tayyor ekanligini bildirgan. 1642 yil Imomqulixonning koʻzi koʻr boʻlib qolganda Yalangtoʻsh Bahodir va boshqalar amirlar Balxdan Nadr Muhammadni keltirib taxtga oʻtqazishgan. Nadr Muhammad Yalangtoʻsh Bahodirga Kobul atrofidagi DaraiSuf viloyati, Moʻlgʻon, Kahmerdni hamda tulkichi, sayqanchi, zirangi, kilachi, hazoranikudariy qabilalarini oʻtovlari bilan qoʻshib iqto tarzida inʼom etgan. Yalangtoʻsh Bahodir mamlakatda xondan keyin eng badavlat shaxs boʻlgan. 1645 yil Yalangtoʻsh Bahodir Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, xonga qarshi Xoʻjandda koʻtarilgan amirlar isyoniga boshchilik qilgan. Isyonchilar Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz sultonni asir olib Buxoroga yurish qilishgan. Buxoroning gʻarbidagi Oqtepa mavzeida ular Abdulazizni xon deb eʼlon qilib, soʻngra poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan soʻng shaharni tark etishga majbur boʻlgan. U boburiylardan Shoh Jahondan yordam soʻragan. 1646 yil Shoh Jahon Balxga kenja oʻgʻli Murodbaxiash katta qoʻshin bilan joʻnatgan. Bu qoʻshin Balx viloyatini himoya qilish oʻrniga uni bosib olgan. Boburiylar Balhda 2 yildan oshiq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam oʻrnasha olishmagan. 1648 yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qoʻshin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qoʻshin tarkibida Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligidagi qoʻshin ham boʻlgan.

Yalangtoʻsh Bahodir qatʼiyligi va harbiy pragmatizmi bilan ajralib turardi va botir unvonini qoʻlga kiritdi.

1612-yilda u Imomqulixon askarlariga boshchilik qilib Toshkent va Turkistonni qo'lga kiritdi.

1612-yilda Imomqulixon askarlariga etakchi qilib Esimxonga qarshi jangga jo'natdi.

1614-yilda Xurosonga, 1618-yilda esa Hirotga yurish qildi. 1620-yillarda Ashtarxoniylar davlatining janubiy chegaralarini himoya qilgan holda hozirgi Afg'oniston hududida janglar olib bordi.

1621-yilda Tursun sultonning qozoq jangchilari hujumini qaytarish chog'ida ashtarxoniylar lashkari bosh qo'mondoni bo'ldi.

1628-yilda Imomqulixonning buyrug'iga ko'ra qozoq Abuli Sultonni Toshkentda yakson qildi va uni Qashqarga qochishga majbur qildi.

1636-yilda Imomqulixon qo'shini Yalangto'sh boshchiligida Sayramga yurish qildilar, atrofidagi qozoq qabilalariga hujum qildilar. Yurish Dashti Qipchoq cho'llarigacha cho'zildi.[19]

1640-yilda Yalangto'sh boshchiligidagi qo'shin qozoq va ko'chmanchi oʻzbeklar yerlariga bostirib kelgan jungarlarni yakson qiladi. Keyinchalik Yalangto'sh tumanboshi (10 ming kishilik qo'shinni boshqaruvchi) amalini qo'lga kiritadi. Jungarlarning harbiy bosqini tugamaydi va keyinchalik jungarlar Yettisuv yerlariga qo'qqisdan qirg'inbarot hujumlarni amalga oshiradilar. Yalangto'sh Bahodir Samarqanddan 30 ming kishilik yaxshi qurollangan harbiy qism bilan qozoqlarga tushum undirish uchun keladi. Yalangtosh lashkari Yettisuvni Botir-xuntoyji boshchiligida bostirib kelgan jungarlardan ozod qilishga yordam beradi.

1643-yilda Yalangto'sh Bahodir qozoq xoni Jangir xonga Orbuloq jangida yordamga keladi. Bu safar jangning ijobiy tomonga o'zgarishiga ta'sir qilishi uchun 20 mingta askar etarli bo'ldi.

1646-yilda buxoro xoni Abdulazizxon va Shoxjaxon o'rtasida mojaro yuzaga keladi. Muhim ahamiyatga ega bo'lgan Xuroson va Balx shaharlariga ham Buxoro xonligi, ham Buyuk Mo'g'ullar davlati talabgor bo'lib chiqdi. Natijada urush alanga oldi. Xajamquli Balxiyning «Tarixi Qipchoqxoni» nomli tarixiy manbasi ma'lumotlariga ko'ra, Abdulazizxonning topshirig'iga ko'ra Yalangto'sh Bahodir buxoro jangchilari va qozoq ko'ngilli askarlaridan tashkil topgan 100 ming kishilik qo'shin tuzib Shohjahonning qo'shinini tor-mor keltiradi. Bu safar ashtarxoniylar va Yalangto'shga qozoq dashtlaridan Jangirxon yordamga keladi. Keyinchalik Yalangto'sh juda ko'p muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi, Mashhadni qo'lga oldi va talon-taroj qildi, u yerdan juda ko'p asir ustalarni olib keldi.

YA.b. obodonchilik, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, jumladan, Samarqandda Sherdor madrasa, Tillakori madrasa, Maxdumi Aʼzam masjidi, xonaqosi (1618) va boshqalar qurdirgan. Abu Tohirxojanit "Samariya"da yozishicha "YA.b.ning qabri Samarqand yaqinidagi Dahbedda, Maxdumi Aʼzamning oyogʻi ostida, sufa ustida, mozor devorining ichidadur". Yalangtoʻsh Bahodir haqidagi xalq orasida koʻplab rivoyatlar, afsonalar (mas, "Yalangtoʻsh botir" hikoyasi) toʻqilgan.

Yalangto'sh Bahodir yangi inshootlar qurilishi va san'atni qo'llab-quvvatlashdagi hissasi bilan ham mashhur.

Samarqandning qoq markazida Registon maydonida Yalangto'sh Bahodir yordami bilan Sherdor madrasasi qurildi, pirovardida ushbu inshoot tarixiy va madaniy yodgorlik bo'lib qoldi.

Sherdor madrasasi devorida forsiy-tojik tilida yozilgan yozuvlardan birida aytiladiki, "amir-lashkarboshi, adolatli Yalangto'sh Bahodir" uning asoschisi bo'lgan.

Shuningdek u Samarqandda Tilla-Qori madrasasini qurdi. Bu me'morchilik inshootlari zamonaviy Samarqandning bezaklari hisoblanadi va butun dunyodan turistlarni jalb qilmoqda.

Butun Sharq me'morchiligi san'ati tarixida bu binolar bajarish mahorati bo'yicha yuqori o'rinlarda turadi.

Yalangto'sh Bahodir Samarqanddan 12 km uzoqlikdagi Dahbetda o'zining ma'naviy murabbiysi oyoqlari ostiga dafn etilgan. Uning qizlari ham shu yerda dafn etilgan.

Hozirgi Samarqandning markaziy ko'chalaridan biriga Yalangto'sh Bahodir nomi berilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit