Yekaterina Aleksandrovna Voronina


1377

Tug‘ilgan sana: 1992 Fevral 16
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Yekaterina Aleksandrovna Voronina 16 fevral 1992 yil tavallud topgan. Ko‘pkurashlikka ixtisoslashtirilgan O‘zbekistonning yengil atletikachisi. Xalqaro turdagi O‘zbekiston Respublikasi sport ustasi.

Faoliyati

U Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yekaterina 2003 yildan buyon yengil atletika bilan shug‘ullanadi. Uning birinchi murabbiysi Svechnikova Yelena Yuryevna.

Voronina 2007 yilda Belorussiyaning Brest shahrida tashkil etilgan I Yevroosiyo sport o‘yinlarida nayza otish bo‘yicha 40.86 metr uzoqlikka otib, kumush medal sohibasi bo‘lgan.

Yekaterina Briksan (Italiya) shahrida bo‘lib o‘tgan o‘spirin va qizlar o‘rtasidagi dunyo chempionatida nayza otishda 46.13 metr uzoqlikka otib, 14 o‘rin bilan taqdirlangan.

U 2010 yildan Andreyev Pavel Vladimirovich murabbiyligi qo‘l ostida shug‘ullandi.

2011 yilda Yekaterina yetti kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi va sport ustasi normativini bajarib, 5287 ochkoni qo‘lga kiritdi.

2013 yil u Osiyo vitse-chempioniga aylandi.

U 2014 yil Osiyo qishki chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Inchxondagi Universiadada shohsupaning yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi.

2015 yil fevral oyida Tallinda bo‘lib o‘tgan «European Athletics Permit Meetings - 2015» bosqichida beshjanglik bo‘yicha 4014 ochkoni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonda rekord natijaga erishadi.

Yekaterina O‘zbekiston chempionatida ikkita oltin medal (yadro uloqtirish – 12.88 metrga, balandlikka sakrash – 1.77 metr) va bitta bronza medal (60 metr to‘siqni bosib o‘tgani uchun – 9.85 s) sohibasiga aylanadi.

U 2015 yil Osiyo chempioni sharafiga muyassar bo‘lgan. Dunyo chempionatida 24-o‘rinni egallaydi.

2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Xalqaro medallari
Osiyo chempionati
Oltin Uxan 2015 yettikurash
Kumush Puna 2013 yettikurash
Osiyo o’yinlari
Oltin Inchxon 2014 yettikurash
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit