Yoqubov Odil


1659

Tug‘ilgan sana: 1926 Oktyabr 10
Vafot etgan sana: 2009 yil
Tug‘ilgan joyi: Qozog'iston
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Odil Yoqubovning ijodi 50 yillardan boshlangan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985) Odil Yoqubov «Ulug‘bek xazinasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1994 yilda «Do‘stlik», 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan. U mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qilib kelgan.

Tarjimai hol

Odil Yoqubov 1926 yili Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1944 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1945-1950 yillarda armiyada xizmat qildi. Yosh askar sovet-yapon urushida ishtirok etdi.

1951-1956 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qidi. 1955-1959 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning (1959-1963, 1967-1970) respublikamiz bo‘yicha maxsus muxbiri, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida va Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari (1970-1982) bo‘lib ishladi.

So‘ngra «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining (1982-1989) bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasining raisi (1989-1996), O‘zbekiston Atamalar qo‘mitasi va Turkiston xalqlari madaniyati arboblari assambleyasining vitse-prezidenti (1998-2004) lavozimlarida xizmat qildi.

Adibning boshqa bir yirik asari - «Ko‘hna dunyo» romanida O‘rta Osiyoning ikki buyuk allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va fojiali taqdirlari qalamga olinadi. Ularning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini ko‘rsatishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda ham «Diyonat» (1973), «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988) kabi yirik asarlar yaratgan. Agar yozuvchi «Diyonat» romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan g‘olib kelishini ko‘rsatgan bo‘lsa, «Oqqushlar, oppoq qushlar» romanida esa turg‘unlik davri illatlarini ro‘y-rost gavdalantirib bergan. Uning «Adolat manzili» nomli yangi romanida milliy mustaqillik yo‘lidagi kurash va adolatning g‘olib va qutlug‘ yo‘li ulug‘lanadi.

Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1956), «Yurak yonmog‘i kerak» (1957), «Chin muhabbat» (1958), «Olma gullaganda» (1960) va boshqa pesalarning muallifidir. «Diyonat» romani asosida yaratilgan ko‘p seriyali videofilm ham muallifga sharaf keltirdi. U mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qilib kellgan.

Yozuvchi «Ulug‘bek xazinasi» romanida (1974) ulug‘ astronom Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘rsatib, progressiv va reaktsion kuchlar o‘rtasidagi kurashni tasvirlagan. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan.

Muallifning boshqa asarlari «Ikki muhabbat» (1956), «Bir feleton» (1961), «Muqaddas» (1963), «Qanot juft bo‘ladi» (1969), «Billur qandillar» (1975), «Er boshiga ish tushsa» (1969), «Qanot juft bo‘ladi» (1969),

«Izlayman» qissasi muxlislar e’tiboriga havola etilgan.

Odil Yoqubovning birinchi yirik asari - «Tengdoshlar» qissasi 1951 yilda bosilib chiqdi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985) Odil Yoqubov «Ulug‘bek xazinasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1994 yilda «Do‘stlik», 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan. Adib 2009 yil og‘ir xastalikdan vafot etgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit