Yorbekov Dilshod


2092

Tug‘ilgan sana: 1974 Yanvar 5
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1974 yilning 5 yanvarida Samarkand viloyatida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindori, Jahon chempionati va kubogi hamda Yaxshi niyat o‘yinlari bronza medallari sohibi. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni, "Do‘stlik" ordeni, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Dilshod Yorbekov yoshligidan boksga ixlos qo‘ygan, uning sirlarini ustozi Karjamanovdan o‘rgangan. Dastlabki yutuqqa 1994 yili erishgan. Xirosimada Osiyo o‘yinlarining bronza medalini ko‘lga kiritgan.

1995 yili Berlinda o‘tgan jahon chempionatida 75 kilogramm vazn toifasida u yana bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Dilshod Yorbekov Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 1996 yili Atlanta Olimpiadasida u garchi shohsupaga ko‘tarilmagan bo‘lsa-da, chempionlikka asosiy da’vogar ekanini namoyish etdi.

1998 yil Dilshod Yorbekov Xitoyning Chong-Ging shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi va Nyu-York shahrida o‘tkazilgan Yaxshi niyat o‘yinlarida bronza, Bangkok shahrida tashkil etilgan XIII Osiyo o‘yinlarida sharafli kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit