Yusupov Matniyoz


1371

Tug‘ilgan sana: 1925 Yanvar 1
Vafot etgan sana: 1992 yil
Tug‘ilgan joyi: Urganch
Yo‘nalishlar: Qo`shiqchilar, Bastakorlar

Uzbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi,Uzbekiston Davlat mukofotining sovrindori,professor Matniyoz Yusupov 1925y. 1 yanvarda Xorazm viloyati,Urgench shaxrida xizmatchi oilasida tavallud topdfi.

Matniyoz Yusupovning otasi Abdalniyoz Yusupov xam san’atni sevib kolmasdan tuzukkina dutor chaladigan sozanda xam bulgan.Otaning xonadonida xofizasi keng makomdonlar-Xojixon Boltayev,Madraxim Yokubov Sheroziy,Jumaniyoz Xayitboyevlar tez-tez mexmon bulib turishgan va ularning ijrochilik maxorati yosh Matniyozni murgak kalbini chulgagan.

Bu kizikish Matniyoz Yusupovni maktabda ukib yurgan choglarida skripkachi Sobirjon Yokubov raxbarlik kilgan musika tugaragiga yetakladi va Sobirjon akadan skripka chalishni urgana boshladi. Matniyoz Yusupovning murgak kalbiga ilxom berib turgan otasi Abdalniyoz Yusupov 1935 yilning may oyida dunyodan utadi.Ota chalgan va mashxur mashshoklar chalgan dutor yodgorlik bulib koldi va Matniyoz Yusupovni ijodiy faoliyatida umrining oxirigacha bu dutor ma’naviy ilxom berdi.

Matniyoz Yusupov 1940 yili yettinchi sinfni tamomlab viloyat te’atri koshida tuzilgan estradaga sozanda bulib ishga kiradi. Bu yerda san’atkorlardan kupgina ashula va kuylarni, ijrochilik an’analarini urganadi.Ayniksa ,mashxur sozanda ,makomchi Matpano ota Xudoyberganovga shogird tushib,Xorazm makomlarini urganishga intilgan.

Makomlari sirlarini urganayotgan kunlarda Ulug Vatan urushi boshlanib,1943 yilning aprel oyida fashist boskinchilariga karshi kurashish uchun Vatan ximoyasiga otlanadi.Amudaryo soxillarida bulgan xayrlashuv onlarini shunday eslaydilar:

<<U paytlarda Urganch shaxriga poyezd yuli yetib kelmagan edi.Shuning uchun daryo buyiga 12 chakirim yul piyoda yurib,daryodan katerlarda suzib,askarlar Chorjuydan poyezd bilan junatilar edi.Yosh jangchilarning ota-onalari,yuzlarcha karindosh uruglari Vatan mudofaachilari bilan xayrlashish uchun daryo buyiga tuplangan edilar. Usha paytda Karim Ismoilov (Uzbekistonda xizmat kursatgan artist) bilan tanishib koldim.Bilsam, u kishi xam xonanda ekan. Meni sevimli sozim skripkam yonimda edi.Biz mexribon onalarimiz, karindoshlarimiz bilan xayrlashar ekanmiz, Karim Ismoilov bilan:

Oga-ini,dust-yoronlar,
Xush endi,
Ok sut bergan onajonlar,
Xush endi!

Degan suzlar bilan boshlangan ashulani aytganimizda xammaning kuzida sevinch va gazab yoshlari balkigan edi.

Biz Buxoroda tajribali komandirlardan xarbiy ta’lim oldik,kurol turlarini, undan foydalanish, otish yullarini urgandik. Usha kunlarda barcha jang maydonlarida Sovet kushinlari kizgin xujumlarni davom ettirib, fashist boskinchilariga kakshatkich zarba berib,Vatanimiz tuprogini ozod kilib borardi.

Xarbiy eshalon Ukraina tuprogiga kelib,yosh jangchilar 2-Ukraina frontida xarakat kilayotgan kismlarga bulindilar.Men xizmat kilgan Xarbiy kism Ukrainaning yirik shaxarlaridan Chernigov ,Xarkov va Poltavani dushmandan ozod kilib, Kremenchuk shaxri atrofida jang olib borardilar. Dushman shaxarni kuldan bermaslik uchun jon-jaxdi bilan karshilik kursatardi.

Shaxar olti marta kuldan-kulga utdi.Shu janglar vaktida bir necha yaralandim va davolanib xujumni davom ettirardim. 1944 yilning kax-raton kishi 14 yanvar tong otarida dushmanning 10 ta tanki kism jangchilari egallab turgan pozitsiyaga tuplardan ut ochib, bostirib kela boshladi. Rota komandiri yonida tankga karshi otadigan granatalarni shaylab turgan paytda oldimizda snaryad portladi. Uning parchalari ungoyogimga tegdi. Xushimdan ketib yerga yikildim. Xamshiralar meni jang maydonidan olib chikib, birinchi yordamdan sung medsanbatga yetkazib, tez operatsiya yordamida ung oyogimni kesib tashlashibdi. Kup kon yukotganimni xisobga olib, meditsina xodimlari kon kuyib karashgan, besh-olti kundan sung, xushimga kelib kuzimni ochdim.

Tez orada boshka yaradorlar katori meni xam davolash uchun Bokudagi Xarbiy gospitalga olib keldilar. Mana shu ogir damlarimda xam musika, xalkimning ijodiyoti menga xamrox buldi.Xalkimning musika xazinasiga bulgan mexrim, meni Ozar xalkining san’atiga intiltirdi.

Kultik tayok bilan yuradigan bulib kolganimda bu yerda ilk bor Ozar xalkining opera teatrida bulib, Uzeir Xojibekovning << Kur ugli>> operasini tamosha kildim. Bu asar ajib kuy va ariyalari bilan menda katta ta’surot koldirdi.Chunki bu yoshligimda Xorazm baxshilari tomonidan eshitib kelgan sevimli doston <<Gur ugli>> musikaviy saxna asarida uz aksini topgan edi.Bundan tashkari <<Layli va Majnun>>, <<Oshik Garib>>,<<Arshin mololon>>operalarini tamosha kilib ,ozor xalk musikasining sirlari, nafis kuy-kushiklaridan baxramand buldim.

1944 yili 19 yoshli Matniyoz Yusupov kadrdon diyoriga kaytib kelib m ettiradi. U Xorazm viloyat musikali drama va komediya teatrida sozanda bulib ishlay boshlaydi.

Uning san’atga bulgan mexri, kuchli ishtiyoki kishini maftun etuvchi shirali ovozi, rubob, gijjak, skripka torlarini yokimli va xushnavo sayratishi teatrdagilarni uziga jalb etib yosh ijodkorga aloxida e’tibor beradilar. Matniyoz Yusupov uzbek bastakorlik an’analarini uzlashtirgan xolda yaratgan yangi kushik va kuylarini sozanda va xonandalarga urgatadi.

Matniyoz Yusupovning xalk musika xazinasiga intilishi Xorazmning Mashxur makomdoni Matpano Xudoyberganov dargoxiga yetaklaydi. U kishiga shogird tushib makom sirlarini urgana boshlaydi. Matniyoz Yusupov uzining <<Xorazm makomlari>> makolasida : <<Xorazm makomlarini 1942 yildan urgana boshlagan bulsam, chertim va aytim kismlarini yozib olish fikri menda 1947 yilda boshlandi. Birinchi bulib <<Segox>> makomidan parchalar yoza boshladim. 1950 yilgacha makomlarni kupgina chertim va aytim kismlarini notaga olishga muyassar buldim. 1950 yil boshlarida Toshkentga muzikashunos olim Ilyos Akbarovga xat yozib, kilayotgan ishlarim tugrisida maslaxat suradim. Ilyos aka 30 aprel 1950 yilda yozgan xatida:Maktubingizni oldim.Boshlagan ishingizni natijasi kanday bulishidan kat’iy nazar juda yaxshi va xayrli ishga kul urgansiz. Albatta, bu ishni oxiriga kadar davom etdirishingizni maslaxat beraman. Ishingizda kamchilik va xatolar bulishi mumkin. Atokli sozandalarni tuplab, yozgan notalaringizni chalib bering, ishingizni kanchalik tugri ekanligi tugrisida ularni fikrini bilib, yigilishda karor chikarilsin. Yigilish karori bilan ishingizni menga yuborsangiz buni bosilib chikishida yordam beraman. Agar meni yordamim kerak bulsa xat yozing.Ilyos Akbarov. Xatni olganimdan sung menda makomlarni tula kismini yozib olish va nashr kildirish ishtiyoki paydo buldi .Ammo, ma’lumotim kamligi uchun ustozim Matpano Xudoyberganovdan urgangan makomlarni, uzim yaratgan kuy va kushiklarlarni notaga tushirishga kiynalardim” deb yozadi .

Bulajak bastakor buning uchun ukishi, maxsus musikiy ma’lumot kerakligini tushunadi va 1951 yili Matniyoz Yusupov, Komiljon Otaniyozov,Abdusharip Otajonovlar bilan Toshkentdagi Xamza nomidagi musika bilim yurtiga ukishga kirishadi.1955 yili uni muvaffakiyatli tamomlab ,Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida ukiy boshlaydi.

Musika bilim yurtida ukib yurgan yillari bu uch san’atkor Komiljon Otaniyozov boshchiligida uzlarining shirali ovozlari bilan,sozlari bilan Respublikamiz mexnatkashlarining olkishlariga sazovor bulgan. .Matniyoz Yusupov ,Komiljon Otaniyozovga gijjakda,skripkada va kushik aytishda jur bulgan bulsa ,Abdusharif Otajonov doirada jur bulganlar.Matniyoz Yusupov konservatoriyaning talabalik yillarida kuliga tor olib ,uzining lirik ovozi bilan poytaxtimiz Toshkentning kontsert zallarida, radio tulkinlari orkali “Korasoching”,”Ustozingdan ayrilma”,Jon ustina”,”feruz” kabi kushik va gazallarni ijro etib,xalkimiz dilidan urin ola boshladi.Matniyoz Yusupov talabalik yillarida professor Boris Nadejdindan kompozitsiya buyicha va Aleksey Kozlovskiydan Instrumentovka buyicha ta’lim oldi.Keyingi yillarda kompozitor Boris Zeydmanning kimmatli maslaxatlaridan baxramad bulib,xalk musika durdonalariga bulgan kizikishi mustaxkamlanib,ukish yillarida kuplab orzu kilib, tuplab yurgan ishi Xorazm makomlari va xalk doston kuylarini urganish va notaga olishga kirishdi.

Atokli Davlat arbobi, sevimli publitsist, yozuvchi Sharof Rashidov Tashabbusi bilan nashr kilingan “Uzbek xalk musikasi” tuplamiga 1958 yilda 6-tomiga “Xorazm makomlari”, 1960 yilda 7-tomiga “Xorazm suvoralarini” 1962 yilda 9-tomiga “Xorazm doston xamda xalpa kushiklari”jamlanib, Matniyoz Yusupovning uzok yillik samarali mexnati musika ixlosmandlariga yetkazildi. Matniyoz Yusupovning ijodiy faoliyati konservatoriyada talabalik yillarida jiddiy boshlanib ketdi. San’atkor talabalik yillarida xonanda sifatida xalk dilidan urin oldi va makomshunoslik ishlari bilan birga kompozitorlik ijodini uzviy ravishda davom ettirdi.

1959 yilda K.Otaniyozov, Stepanov bilan xamkorlikda “Oshik Garib va Shoxsanam” muzikali dramasi Toshkentda Mukimiy nomli musikali teatrda saxnalashtirildi. Shu teatrda 1962 yilda Axmad Bobojon Pesasi asosida atokli shoir Avaz Utar xayotiga bagishlangan “Gazal Fojiasi” ,1963- yilda Tursun Sobirov pesasi asosida “Uch baxodir”, “Kaydasan xayot” 1976- yilda Xayitmat Rasul pesasi asosida “Mukaddas diyor” nomli musikali dramalari saxnalashtirilib, xalk tomonidan tamosha kilindi. Matniyoz Yusupov 1960- yilda Axmad Bobojon librettasi asosida Bir pardali “Buz uglon” operasini yozib diplom ishiga tavsiya kilib Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetini Oliy darajada yakunladi.Opera yozish uning oldida turgan yagona maksad edi. Uch yil davomida u Xamid Gulomning librettasi asosida opera yozish uchun tinmay ishladi.

Nixoyat “Xorazm kushigi” Navoiy nomli opera va balet teatrida 1964-yilda tamoshabinlar tomonidan kizgin kutib olindi. 1964-yilning dekabr oyida Moskvada Uzbekiston san’atining 10-kunlik dekadasi bulib utdi. Shunda Moskvalik tamoshabinlar Kreml sa-royining katta zalida “Xorazm kushigi “operasini Uzbek tilida kurib tinglaganlar.Ular uzbek san’atkorlarining xar-bir chikishlarini karsaklar bilan kutib oldilar. Albatta, bu olkishlar bastakor mexnatiga berilgan baxo edi. Matniyoz Yusupov yana bir yirik asarga kul urdi.Bu U.Umarbekov libRettosi asosida “Gulsanam” baleti edi.Balet tamoshabinlarga 1974-Yilda Samarkand opera va balet teatrida takdim etildi. Sungra shu saxnada 1984-yilda M.Muxamedov librettosi asosida “Chevar Kiz” operasi saxnalashtirildi.

Shuningdek bastakorning Xorazm viloyat teatrida “Dil kuzgusi” (Xamid Gulom p'yesasi), “Millioner ugli”(T.Teshaboyevning asari),”Tungi Faryodlar”(Mirzakarim Boboyev p'yesasi),”Tun va noxun, Respublika utIchida “( Yunus Yusupov asarlari), “Tugon “(Omon Matchon p'yesasi),NaMangan viloyat teatrida “Kaychi kudalar .Ulim bilmagay aslo muxabbat.( Raxima mp'yesasi) musikiy asarlari viloyat teatrlarida Saxnalashtirildi. Matniyoz Yusupov yukorida aytilgan makomning 6-tomi bilan cheklanib kolmasdan, balki eng nafis didli makomshunos olim sifatida xayot bulgan ustozlardan urganib kelayotgan ishlarini yana yuzaga chikardi.

G.Gulom nashriyotida 1980g‘1987yil.chop etilgan 3 tom 5kitobdan iborat”Xorazm makomlart”,uzbek musika xazinasiga kushilgan bitmas tuganmas boylikdir.Shu kilgan ulkan ishi uchun muallif 1991yil.Uzbekiston davlat mukofoti sovrindori buldi. Matniyoz Yusupov lirik xonanda xofiz sifatida”Feruz”,”Kush parda suvora”,”Savti suvora”,”Bazmimga keldi”,”Chapandozi suvora”,”Feruz2”,”Ayro solding”,”Mugilcha uforisi”,”Faryod narsi”,”Nasrullo”,”Tarona”,”Buzruk talkini”,”Jon ustina”,”Dugox”,”Jonim sadxa”,”Aklu odobdandur”,”Koshing xilolidir”, “Bog saylina galdim”,”Talkini rost”,”Kora soching”,”Chorgox”,”Ut endi Gunoximni”,”Gulandomim”,”Yozmishlar”,”Xush keldingiz”,”Noz uykusidan uygot”,”Dildoring kelur”,”Sen bilan”,”Jonona ekansiz”,”Ikkinchi savti suvora”,”Chorgox birinchi”,”Rajabiy-1”,”Sarparda-1”,”Dildorga mushtok”,kabi klassik shoirlarning gazallarini kuylagan. Bu kushiklarning xammasi Uzbekiston radiosi fonotekasidan urin olib shu kungacha radio tinglovchilarni baxramand etib kelmokda.

Bastakor Matniyoz Yusupov ijodiy faoliyati davomida-“Bilmaguncha”,”Shod bulsin”,”Xorazm”,”Yulduzlar”,”Ayol xayoli”,”Baxor Navosi”,”Assalom Gulchexra”,”Ishk kuyida”,”Soat sanadim”,”Bilmadim”,”Xijron”,”Kelibdur”,”Yorimga ayting”,”Alla”, “Salomingdan”,”Baraka chanogi” ,”Afgon rubobi uchun p'yesa “, “Yal-yal yonadi” , “Paxtamiz” , “Sevgi sururi” , “Bu tuprok”, “Ulugligim “, “Ulka”, “Ok kush “, “Sevindim” , “Galabamiz bayrami” , “Yor kelibdi “, “P'yesa” ,”Joningdan aylansun” , “Umring utar e’zoz bilan”, “Saloming Bulmasa “, “Kalbi daryo” , “Yoshlik gul baxorim “, “Xamdamim bul”,”Nigor”,”Guli Ra’no derman”,”Chulkuvarlar kushigi”,”Chorvokdan dovrug solay”,”Bir diyorki”kabi zamondosh shoirlarimiz tomonidan yozilgan kushiklarga kuy bastalab,san’atkorlarga urgatdi.Bu kushiklar xam xozirgi kunda Uzbekiston radiosi fonatekasida munosib urin olib,radio tulkinlari orkali taralmokda.

Kompozitor Matniyoz Yusupovning asarlari katori simfonik syuitalar, koneanta”Tasanno ishchilar”(Xamid Gulom she’ri),”Simfonik poema”,”Kaxramonona simfonik uvertyura “, “Tuyamuyin taronalari “, (Erkin Samandarov she’ri),

Vokal instrumental syuita va bir necha Uzbek xalk cholgu asboblari uchun yozilgan yirik asarlari Uzbekiston Radiosi fondidan urin olgan. Matniyoz Yusupovning Gofur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida 1976-yilda “ Xorazm kushigi “operasidan, “Dil kuzgusi”, muzikali komediyasidan, 1977-yilda “Gulsanam “ baletidan , 1989-yilda “Gazal fojeasi “ muzikali dramasidan parchalar chop kilinib kitob xolida muzika ixlosmandlariga takdim etildi.

Kompozitor Matniyoz Yusupov kushik janrida xam sermaxsul ijod kilib keldi.U uz kushiklarida , uzbek shoirlari bilan xam- korlikda zamonasini ,Vatanimizni , yoshlikni , xalklar dustligini sevgi -muxabbatni kuylab , sharaflab keldi. Bunday mavzularda yaratilgan kushiklar, romanslar, “Bolalarga fortepiano uchun” 1969 yil. “Maxliyo” 1971yil. “Shodiyona” 1977 yil. “Bir diyorki “ 1981yil. “Guldastalarga” 1985 yil. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan kushik shaydolariga tavsiya etilib , tuplamlarda uz ifodasini topdi.

San’atkor 12 tadan iborat xar-xil tuplamlar , urta va oliy musika bilim yurtlari uchun notalashtirish xamda uzbek musika tarixiga oid kullanmalar yaratdi. Asarlari katori musika madaniyatimizni targib etuvchi makolalari , makomchilar xakida monografiyalari Respublika gazeta va jurnallarda chop etildi.

Matniyoz Yusupov uzbek musika san’atini rivojlantirib Uzbekiston radiosi musikali yozuvlar taririyatida katta muxarrir,1967-1972 y.Musika bilim yurti direktori,1972-1974yil.Uzbek Davlat filormoniyasi. Urgench koshidagi “Lazgi” ashula va raks ansamblining badiiy raxbari bulib ishladi.

Umrining oxirgacha Toshkent teatr va rassomchilik istituti an’anaviy kushik kafedrasida,Toshkent Davlat Madaniyat instituti madaniy okartuv fakultetida talabalarga sabok berdi.

Matniyoz Yusupovning ustozi makomchi (Xorazmlik) Matpano ota Xudoyberganovdan Xorazm makomlarini yozib olayotgan payti (1950-60 y)

Javoxirlar xazinaboni ustoz xonanda,sozanda va bastakor Matniyoz Yusupovning Uzbekiston musikasi madaniyati soxasidagi xizmatlari yuksak va munosib takdirlanib,kuplab orden va medallar bilan mukofotlandi. Ulkan san’atkor,tanikli jamoat arbobi Matniyoz Yusupovning yorkin siymosi va ijodi uning kup sonli muxlislari,musikasevar xalkimiz kalbida abadiy yashaydi.  

Manbaa

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit