Yusupov Sharif


468

Tug‘ilgan sana: 1928 Mart 28
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Adabiyotshunoslar, O‘qituvchilar

Yusupov Sharif 1928 yil 28 martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1953-1958-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi. 

U 1944-1946-yillarda boshlang‘ich rus guruhlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanidan dars bergan. Pedagog 1946-1955-yillarda o‘rta maktablarning yuqori sinflarida ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

1946-1948-yillarda O‘zbekiston radiosi musiqiy eshittirishlar tahririyatida muharrir. Olim 1951-1956-yillarda O‘zbekiston FA Adabiyot instituti Hozirgi zamon adabiyoti sektori kichik ilmiy xodimi.

1956-1970-yillarda «O‘zbekiston madaniyati» (hozirgi «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati») gazetasida adabiyot va san'at bo‘limi mudiri, respublikaning bir necha jurnallarida fan va madaniyat bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

1968 yilda Zamonaviy adabiyot muammolari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1970-1972-yillarda O‘zbek qomusida ilmiy-adabiy nazorat bo‘limi mudiri. 1969-1973-yillarda o‘rindoshlik asosida ToshDU Jurnalistika fakulteti dotsenti. 

U 1973-1992-yillarda O‘zbek filologiyasi fakulteti dotsenti. 1990 yilda «Furqat va o‘zbek ma'rifatparvarlik adabiyotining yangi bosqichi» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olim 1992 yidal professor ilmiy unvoni berildi. 1999 yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Olimning 8 dan ortiq alohida asarlari nashrdan chiqqan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit