Zahriddin Muhammad Bobur


4910

Tug‘ilgan sana: 1483 Fevral 14
Vafot etgan sana: 1530 Dekabr 26
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

Zahriddin Muhammad Boburning dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan asarlari g’azal va ruboiylari yosh avlodni Vatanga ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.Ulug’ o’zbek shoiri mutaffakir tarixchi shoh va sarkarda boburiylar saltanatini asoschisi Amir Temurning beshinchi avlodi Farg’ona viloyati hokimi Umarshayx Mirzoning farzandi Bobur Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483 yil 14 fevralda Andijonda tavallud topti.

Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’limfiqh ilmi arab va fors tillarini o’rgandi. Yoshligidan ko’plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qildi ilm-fanga she’riyatga qiziqa boshladi.Dovyurakligi va jasurligi uchun “Bobur” (“She’r”)laqabini oldi.

Otasi 39 yoshida fojiali vafot yetgach 12 yoshida valiahd sifatida tahtga o’tirdi. U paytlardagi Farg’ona viloyatining sarhadi hozirgi Farg’ona viloyatining hududiga qaraganda boshqacha bo’lgan. Uning sharqi-Qashg’arga g’arbi- Samarqandga janubi- Badaxshon tog’lariga shimol tomoni- Olmaliq va Olmaota shaharlariga borib taqalgan.

Bobur otasi yo’lidan borib mashhur sufiy –Xoja Ahrorga ixlos qo’yadi va uning taraqiati ruhida voyaga yetadi umrining oxiriga qadar shu e’tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik “Boburnoma” asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan xastalik va chorasizlikdan xalos etganini eng og’ir sharoitlarda rahnamolik qilganligini ta’kidlaydi.

Movarounnahr XV asr oxirida o’zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan deyarli mustaqil bo’lib olgan ko’plab viloyatlarga bo’linib ketgan Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan turli siyosiy fitnalar uyushtirilayotgan edi.

Bundan tashqari Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukumdorga bo’ysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi Yana boshqa birlari Boburga raqib boshqalari amaki va tog’alariga qo’shilib uni o’ldirishga tushadi.

Qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nizolar oqibatida Bobur 1504 yilning iyun oyida Movarounnahrni tashlab yaqinlari va o’ziga sodiq bo’lgan navkarlari hamrohligida Afg’onistonga o’tib ketadi. U yerdagi ichki nizolardan foydalanib G’azna va Qobulni egallagach mustaqil davlat qurishga jadal kirishadi,qo’shini tartibga keltiradiqattiq ichki intizom o’rnatadi.Bobur Afg’onistonda el obononligi va ravnaqi yo’lida jon kuydiradi uning manfaatlari yo’lida odilona va oqilona ish tutadi.

[17:18:20] Madina Chorieva: Afg’onistondagi Amaliy faoliyatiga ko’ra butun Xuroson va Movarounahrda qudratli va davlat boshlig’i va muzaffar sarkarda sifatida katta obro’ orttira bordi mintaqadagi siyosiy hayt e’tiborli o’ringa ko’tarildi.1507 yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, poytaxt Qobulga qaytadi.

1519 yil bahoriga kelibHindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyin 5-6 yil mobaynida bir necha yurishlar uyushtiradi.Nihoyat1526 yilning aprel oyida Paninpatda asosiy raqibi –Dehli sultoni Ibrohim Lo’diyning 100 ming kishilik qo’shinini 12 ming Askar bilan mag’lubiyatga uchratib Deqlini eggalaydi.

Oradan ko’p o’tmay ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo’lgan qismini o’ziga bo’ysundirib oladi. So’ngra jangu jadallar bilan Hinistonning ko’pgina o’lkalarini zabt etadi. DehliAgra Jo’npur Harid Bahor va boshqa o’lkalarda o’z bayrog’ini ko’taradi.

Boburning bobolari - Sohibqiron Amir Temur uning o’g’li Mironshoh MirzoSulton Abusaid Mirzolarning jismonan baquvvat otni musht bilan urganda dovdiratadigan darajada kuchli bo’lishgani tarixiy manbalardan ma’lum. Bobur ham bolalik chog’ilaridanoq nixoyatda sog’lom binobarin sho’x tabiatli chapdast yigit bo’lib o’sdi.

Boburning jismonan baquvvatligi havas qiladigan darajadagi sog’ligi butun umri davomida- uning podshohlik faoliyatida shaxsiy hayotida namoyon bo’lgan.U davlat ishlari Bilan band bo’lgan chog’lari dono shoh kundalik hayotda xushchaqchaq ulfat yaqin do’stlari orasida jismoniy baquvvat yigit qo’shinda esa qo’rqmas va bahodir sarkarda sifatida tarixda qolgan.

Boburning qizi Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” asarida keltirilishicha, Bobur Hindistonda Agra shahrini egallagach xursandchilikdan bo’lsa kerak qa’la devoriga chiqib ikki yigitni ikki qo’ltig’ida dast ko’tarib devor ustida yugurgan. Agrani o’ziga poytaxt sifatda tanlagan Bobur bu mamlakatda katta qurilish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuboradi.

Shu tariqa Hindistonda uch yarim asrga yaqin xukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.Afg’onistonda bo’lganidek u Hindistonda ham ko’plab ijtimoiy xayrli ishlarni amlga oshiradi mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Boburning maqsadi – parchalanib ketgan yurtni birlashtirib ulug’ saltanat qurish edi.

O’sha paytda Hindistonda besh musulmon va ikki musulmon bo’lmagan podshoxlar hukm surar bundan tashqari tog’lar va changalzorlar ichida ko’plab rojalar (beklar) bor edi. Rono Sango bilan bo’lgan jangda Boburning buyuk sarkardalik mahorati yaqqol namoyon bo’ldi. Yerni larzaga solibo’kirib kelayotgan dushman fillariga nisbatan Bobur bobosi - Amir Temur ishlatgan usulni qo’llab yonirilgan kajava - g’ildiraklarni fillar tomonga yumalatib yuboradi.

Olovdan qo’rqib ketgan fillar orqaga burilib saf-saf bo’lib kelayotgan piyoda askarlarini yezib boshlaydi. Bobur g’anim ustidan to’liq g’alaba qozonadi.Bobur Mirzo qaerda va qay bir davlatda bo’lmasinadabiyot va tarix musiqa va sa’natdan yaxshi xabardor bo’lgan olimu fozillar davrasida ishtirok etdi xususan ijod ahliga kasbu hunar sohiblariga samimiy yehtirom ko’rsatdi homiylik qildi, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirib turdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit