Zakirov Farrux Karimovich


1960

Tug‘ilgan sana: 1946 Aprel 16
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar, Qo`shiqchilar, Bastakorlar

Farrux Zokirov 1946 yilning 16 aprelida san’atkorlar oilasida dunyoga keldi. Otasi - O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatrida faoliyat yuritgan. Onasi Shohista Saidova ham milliy qo‘shiqlar ijrochisi sifatida mashhur bo‘lgan qo‘shiqchilardan edi.

Zokirovlar xonadoni san’atkorlar qadami uzilmaydigan, yangi asarlar yaratiladigan, muhokama qilinadigan asosiy maskanlardan biri edi va bu muhit farzandlar tarbiyasida ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. To‘ng‘ich o‘g‘il - O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov zamonaviy o‘zbek musiqasi yaratilishiga katta hissa qo‘shgan qo‘shiqchilardan biri edi.

Ota-onasi va akasining ortidan borgan Farrux Zokirov erishgan yutuqlarni sanashga esa barmog‘imiz kamlik qiladi. Farrux Zokirov bugungacha bo‘lgan ijodi davomida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ingushetiya Respublikalarining Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi.

Marhum aktyor O‘zbekiston xalq artisti Jamshid Zokirov ham oilaning navbatdagi iqtidorli vakillaridan biri edi. Bugun uning o‘g‘li Jamshid Zokirov ota kasbini davom ettirish bilan birga, amakilari va bobosining yo‘lidan borib qo‘shiq ham kuylayapti.

Bir vaqtlar “Yalla” guruhi tarkibida qo‘shiq kuylagan Luiza Zokirovani tanimagan odam bo‘lmasa kerak. Xonanda o‘sha vaqtlarda shirali ovozi bilan nafaqat O‘zbekiston, balki MDH davlatlarida shuhrat qozongan edi.

45 yillik ijodi davrida 100 dan ortiq qo‘shiqlar yozilgan. Ular orasida «Choyxona», «Uchquduq», «Litso vozlyublennoy moyey», «Majnuntol», «Shahrisabz», «Baka-bang», «Torimning siri» kabi xit taronalar bor.

«Yalla» ansambli 45 yildan buyon sahnada. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta ijodiy muddat. Ansambl 45 yillik gastrol faoliyati davomida 5000 ga yaqin kontsert dasturini taqdim etgan.

«Uchquduq» qo‘shig‘i 40 daqiqa ichida yozilgan. «Yalla» ansambli Yuriy Entin bilan gastrol safarida bo‘lgan va shoir shaharni kezib, she’rlar yozgan. Mashhur xit yo‘l-yo‘lakay yaralgan va kechqurungi kontsertda ijro etilgan.

O‘zbek to‘ylari, shubhasiz, Farrux Zokirovning «Kelibdi» qo‘shig‘isiz o‘tmaydi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit