Zaripov Hakim Karimovich


603

Tug‘ilgan sana: 1924 Sentyabr 17
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Hakim Karimovich Zaripov (1924 yil 17 sentyabr, Toshkent)—o‘zbek, sovet sirk artisti, otliq-chavondoz, ot o‘rgatuvchi, Sovet Ittifoqi xalq artisti(1980).

Tarjimai holi


Hakim Zaripov 1924 yil 17 sentyabr Toshkentda (Hozirgi O‘zbekiston) sirk sulola asoschisi Karim Zaripov oilasida tavallud topgan.
Sirkdagi faoliyati 1938 yil otasi Karim Zaripov boshchiligida otliq-chavondoz ansambli “O‘zbekiston chavondozlari”da faoliyatini boshladi.
1952 yildan 2006 yilga qadar ushbu jamoaga yetakchilik qildi.

Ansambl bilan birgalikda ko‘pgina shaharlar va chet ellarda: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlyandiyada xizmat safarida bo‘lgan.

U R.Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini (hozirgi Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi ), so‘ngra Toshkent konservatoriyasining (hozirgi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik bo‘limi)ni tamomlagan.
Turli hil joydagi sirklarda, dasturlar, sirk jamoalarining badiiy rahari bo‘lib ishladi.

Ko‘pgina sirk artistlariga ta’lim berdi.

Hozirgi vaqtda ish faoliyatini davom ettirmoqda. “O‘zbekiston chavondozlari” guruhini yangidan qayta tikladi va otlarni o‘rgatish bilan shug‘ullanmoqda.

Mukofot va unvonlari

  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1954)
  • O‘zbekiston xalq artisti (1964)
  • Sovet Ittifoqi xalq artisti (1980)
  • Sovet Ittifoqining turli Oliy Kengashlarida 12 ta faxriy yorliqlar sohibi

Nishon va medallar.
Aktyorlik ishi

  • 1955 — Nesterka — epizod
  • 1956 — Doxunda — epizod
  • 1957 — Sahrodagi tasodif — epizod
  • 1961 — Muhabbat haqida afsona — epizod
  • 1967 — Dayyana Shoor bilan birgalikda Amerika uchun sovet sirki.
  • 1978 — Chavandoz Zaripovlar
  • 1979 — Havodagi yo‘lovchilar — Otliq chavandozlar
  • Tirik Afsona va Nurota qadamjolari (Tirik afsona) (Hujjatli film).

Sulolasi

  • Otasi— Karim Zaripov (Karim Kizik) (1893—1960) — sulola asoschisi, o‘z ish faoliyatini 1902 yilda “kauchuk” janrida boshlagan keyinchalik esa, havo gimnastikasi, mas'haraboz, ot o‘rgatuvchisi, chavondoz-artist janrlarida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston xalq artisti.
  • Onasi — Muborak Zaripova (1906—1992) — birinchi mas'haraboz o‘zbek ayoli, ot o‘rgatuvchi, otliq-artist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1965)
  • Rafiqasi — Nina Dmitriyevna Zaripova (tug‘. 1924) — balerina, otliq- chavandoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1965), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
  • Qizi — Gavhar Zaripova (tug‘. 1949) — otliq-chavandoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1980)
  • O‘g‘li — Anvar Zaripov (tug‘. 1956) — chavondoz- artist, 2006 yildan boshlab — «O‘zbekiston chavandozlari» jamoasi raxbari.
  • Nabirasi — Karima Zaripova (tug‘. 1982), «kauchuk» janrida sirk artisti, xalqaro mukofotlar sovrindori.
  • Nabirasi — Zaripov Erkin (Igor) (tug‘. 1983) — Belbog‘li havo gimnasti, xalqaro mukofotlar va rekodlar sohibi, 2003 yildan boshlab Dyu Soley sirk shousining “Zumaniti” va “Maykl Jekson” da yakkaxon ijrochisi sifatida faoliyat yuritadi.
  • Singlisi — Soyuza (Xolida) Zaripova (1927—2006) — otliq-chavandoz(grotesk), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist(1955)
  • Singlisining turmush o‘rtog‘i — Sharifboyev Faxritdin Raximerdiyevich (1928—1997) — chavandoz-artist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist(1969)
  • Singlisining qizi — Zaripova Karima Faxritdinovna (tug‘ilgan 1960) — otliq-chavandoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist(2000)
  • Singlisining o‘g‘li — Zaripov Ulugbek Faxritdinovich (tug‘. 1968) — chavandoz-artist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist(2004)
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit