Zaxartdinov Damir


1366

Tug‘ilgan sana: 1976 Yanvar 2
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Damir Zaxartdinov 1976 yil 2 yanvar kuni tug‘ilgan — erkin kurash bo‘yicha o‘zbek kurashchisi, jahon chempionati sovrindori.

1976 yil Toshkentda dunyoga kelgan. 1996 yil jahon kubogi bronza medalini qo‘lga kiritgan, biroq Atlantadagi Olimpiya o‘yinlarida sakkizinchi bo‘lgan. 1997 yil Butunjahon harbiy o‘yinlar kumush medali sovrindori. 1999 yil jahon hamda Osiyo chempionati bronza medali sohibi. 2000 yil Osiyo chempionati kumush medali, Sidneyda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida esa to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2001 yil Jahon kubogi bronza medali va Osiyo chempionati kumush medali bilan taqdirlangan. 2004 yil Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan, biroq to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. 2005 iyl Osiyo chempionati bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2006 yil harbiylar o‘rtasidagi chempionatda bronza medali sohibi bo‘lgan.

Shaxsiy ma’lumot
Fuqaroligi O‘zbekiston
Mutaxassisligi Erkin kurash
Bo‘yi 167 sm
Vazni 60 kg

Mukofot va medallari

Erkin kurash (Erkaklar)
Jahon chempionatlari
Bronza Anqara 1999 58 kg gacha
Osiyo chempionatlari
Bronza Toshkent 1999 58 kg gacha
Kumush Guylin 2000 58 kg gacha
Kumush Ulan-Bator 2001 63 kg gacha
Kumush Deli 2003 60 kg gacha
Bronza Uxan 2005 60 kg gacha

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit