Zeytullayev Ilyas


990

Tug‘ilgan sana: 1982 Iyul 13
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Ilyas Zeytullayev 1982 yil 13 iyul kuni Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan — yarimhimoyachi va hujumchi o‘rnida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik futbolchi. 2001—2007 yillar O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘ynagan.

Faoliyati

Futbolni Respublika olimpiya zahiralari kollejida hamda moskvaning “Sportakademklub”ida o‘rgangan. 2001 yil italiyaning “Yuventus” — yoshlar jamoasiga o‘tib ketadi. 2005 yilgacha turinlik yoshlar jamoasida o‘ynaydi va talabnomadan o‘rin olgan bo‘lsa-da, “Yuventus”ning asosiy jamoasiga saralashdan o‘ta olmaydi. 2005 yil A toifalik boshqa italiyalik jamoa — “Redjina” ga sotib yuboriladi. “Redjina” tarkibida ikki o‘yinda o‘ynaydi va uch marotaba «Krotone», «Djenoa» va «Vichentse» nomli B toifalik italyan jamoalariga ijaraga beriladi. Umumiy hisobda uchta klubda 31 ta o‘yinda o‘ynab, 3 marotaba to‘pni darvozaga urishga musharraf bo‘lgan. 2009-2013 yillar «Virtus Lanchano» klubida o‘ynagan. Mazkur klubda 52 ta o‘yinda o‘ynab, bir marotaba to‘pni darvozaga ura olgan. 2014 yil A toifaga kiruvchi “Torino” ga o‘tib ketadi. Shu yilning o‘zida xorvatiyalik “Goritsa” jamoasiga o‘tib ketadi. 2015 yildan buyon erkin agent bo‘lib faoliyat yuritadi.

Ilyas Zeytullayevning kelib chiqishi qrim-tatar. Qrim-tatar, o‘zbek, rus, italyan hamda ingliz tillarini biladi. 

Faoliyati
Yoshlar klublari
2000 ROZK
2001 Sportakademklub
2001—2005 Yuventus
Klubdagi faoliyati
2001—2005 Yuventus 0 (0)
2005—2007 Redjina 2 (0)
2006 Krotone 13 (3)
2006—2007 Djenoa 12 (0)
2007Vichenza 6 (0)
2007—2008 Verona 13 (1)
2008—2009 Peskara 28 (7)
2009—2013 Virtus Lanchano 52 (1)
2014 Torino 0 (0)
2014  Goritsa 6 (0)
Milliy terma
O‘zbekiston (21 gacha) 39 (15)
2001—2007 O‘zbekiston 10 (2)
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit