Zinin Sergey Ivanovich


491

Tug‘ilgan sana: 1935 Dekabr 5
Vafot etgan sana: 2013 Aprel 3
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Filolog

Sergey Ivanovich Zinin (5 dekabr 1935 — 3 aprel 2013) — sovet va rossiya filologi ToshDUning filologiya fakulteti kafedra mudiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti rus tili bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Oliy Majlisi va O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati bo‘lgan. 1994 — 2002 yillardaO‘zbekiston rus madaniyati markazi direktori. 1921 yil may oyida Sergey Yeseninning O‘rta Osiyoda bo‘lgan va Toshkentni to‘liq kezgan chog‘ida tadqiqot muallifi sanaladi.

Tarjimai holi

Sergey Ivanovich Zinin 1935 yil 5 dekabrda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ota-onasini vafotidan keyin onasi tomonidan bo‘lgan buvasi - Berkov Aleksey Yefremovich uni o‘z qaramog‘iga olgan.

1957 yil Zinin armiya xizmatidan keyin Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Universitetni a'lo baholarga tamomlagach, Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga rus tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirdi. 1970 yil Zinin nomzod dissertatsiyasini yoqlagach, dotsent unvonini oldi. Keyinchalik fakultetlararo rus tili kafedrasi va rus tili dialektologiyasi va tarixi kafedrasini boshqarib keldi.

Sergey Ivanovich Zinin rus tili bo‘yicha respublika maktablari va OTMlari uchun bir qancha o‘quv qo‘llanmalar muallifi, unda umum rus tilshunosligi, onomastika va bibliografiya bo‘yicha 100 dan oritiq ilmiy maqolalar o‘rin olgan.

U 1986 yildan 1990 yilgacha O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti rus tili bo‘yicha bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 1990 yil Zinin O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati etib saylandi. Zinin 1995 va 2000 yillarda O‘zbekiston hukumati oliy qonunchilik organi - respublika Oliy Majlísiga saylandi.

2013 yil 3 arelda Moskvaning Yegoryevskda vafot etdi. Shu yilning 3 mayida Sergey Ivanovich Zinin bilan O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan rus jamiyati vakillari vidolashishdi. U Toshkentga dafn etilishini va Botkin qabristoniga otasi yoniga qo‘yilishini vasiyat qildi.

Toshkent rus madaniyati markazida

1994 yildan-2002 yilgacha S.I.Zinin O‘zbekston rus madaniyati markazini boshqardi, uning ish faoliyati O‘zbekistonda rus tili, uning madaniyati, an'analarini saqlash va rivojlantirishdan iborat edi. U zich rus aholisi yashaydigan joylarda, O‘zbekiston viloyatlarida rus madaniyati markazlarini tashkil etishda o‘zi shaxsan ishtirok etdi.

2002 yildan Sergey Ivanovich Zinin nafaqaga chiqdi.

Sergey Yesenin ijodi ustida tadqiqot

Talabalik davrida Sergey Yesenin ijodiga qiziqib, Zinin rus shoirining 100 dan ziyod asarlarini rus tilida va bosh tillardagi monografiyasi, Yesenin ijodi haqida gazeta va jurnallarda nashr etilgan maqolalarini to‘plagan edi.

U Yesenin to‘g‘risidagi kerakli ma'lumotlar to‘plamini Toshkent Sergey Yesenin uy muzeyiga topshirilgani bo‘ldi. U shoir haqidagi ma'lumotlarni to‘plovchi tashabbuskori va tuzuvchilaridan biri sanaladi.

1992 yilda S.I.Zinin tashabbusi bilan Toshkentda Yesenin Muzeyi Kengashi buyurtmasiga ko‘ra “Yesenin olami” nomli maxsus nashri chop etiladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit