Zohidov Tesha Zohidovich


577

Tug‘ilgan sana: 1906 May 10
Vafot etgan sana: 1981 Avgust 21
Tug‘ilgan joyi: Qo`qon
Yo‘nalishlar: Biologlar

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1952 – 1956-yy.) О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1952-y.), biologiya fanlari doktori. Zoologiya sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi. 1906-yil 10-mayda Qо‘qonda tavallud topgan. 1981-yil 21-avgustda vafot etgan. Toshkent shahrida dafn etilgan. О‘ZSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1947-y.). Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1970-y.). Xalqaro zoologiya akademiyasining haqiqiy a’zosi. О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (О‘ODU, 1931-y., hozirgi О‘zMU). Mehnat faoliyati davomida О‘ODU assistenti, dotsenti, dekani, rektori, О‘zbekiston KP MQ Fan va OО‘YU bо‘lim mudiri, О‘zbekiston FA Parazitologiya zoologiyasi instituti direktori (asoschisi), О‘zbeksiton Fanlar akademiyasi prezidenti, ToshDU kafedra mudiri va О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan. 300 dan ortiq ilmiy ish, shuningdek 50 ta monografiya muallifi. 5 ta fan doktori va 25 ta fan nomzodini tayyorlagan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit