Zokirov Botir Erkinovich


1142

Tug‘ilgan sana: 1963 Iyul 28
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Botir Erkinovich Zokirov (1963 yil 28 iyulda tavallud topgan) - 2016 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi.

2011 yildan boshlab arxitektura va qurilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasi raisi hisoblanadi. 2008 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining kapital qurilish va qurilish sanoatining kommunal soha, transport masalalari bo‘yicha Kompleks rahbari sanaladi.

Tarjimai holi
Botir Erkinovich Zokirov 1963 yil 28 iyul Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutini (Hozirgi texnika davlat tenika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi.

Faoliyati
• 1980 yilda Toshkent asbob-uskuna ishlab chiqarish zavodida ish faoliyatini boshladi.
• 1985-1990 yillarda maxsus ish va montajlar bo‘yicha Vazirlik huzuridagi “Toshsantexmontaj” trestida faoliyat yuritdi.
• 1990 yilda «Boshtoshqurilish» korporatsiyasi «12-trest» iga o‘tdi va u yerda masterlikdan boshqaruv raisi lavozimigacha ko‘tarildi
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra 2011 yildan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
• 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
• 2012 yildan boshlab Botir Zokirov Erkinovich O‘zbekiston og‘ir atletika Federatsiyasi prezidenti hisoblanadi.

Nazorati ostida
• Favqulodda vaziyatlar vazirligi
• Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit